Yangiliklar

1

Mirzaobod tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tanlash bo’yicha o’tkazilgan tanlov xaqida M A ‘ L U M O T

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326 raqamli “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan komissiyalar tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Mirzaobod tumanida  2016 yil 21 oktyabr kuni  tumandagi “Mirzaobod xizmat ko’rsatish kasb-xunar kasb-xunar” kolleji binosida tanlovning tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda tumandagi mavjud kasb-xunar kollejlari va ta’lim

Batafsil
MUQOVA11111

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini samaradorligini yanada oshirish maqsadida

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini samaradorligini yanada oshirish maqsadida Mirzaobod tuman xududida joylashgan mahallalar o’rtasida ko’rik tanlov o’tkazilganligi to’g’risida ma’lumot.   Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyani samaradorligini yanada oshirish maqsadida Mirzaobod tuman xududida joylashgan barcha mahallalar o’rtasida ko’rik tanlov o’tkazildi.

Batafsil
DSC_59751111111111

O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Mirzaobod tumanida o’tkazilgan bayram to’g’risida ma’lumot

2016 yil 23 avgust kuni   Mirzaobod tumani markazidagi Bolalar o’smirlar sport maktabi uyingohida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan ”Go’zal va betakrorimsan muqaddas Vatanim, jonim senga fido O’zbekistonim” degan ez’gu g’oya ostida Mirzaobod tumani bayrami   bo’lib o’tdi.

Batafsil
P1050406111111

Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма беш йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва ўтказиш тўғрисида”ги 65- сонли мажлис баёни ижросини таъминлаш тўғрисида маълумот

2016 йил 4 август куни Мирзаобод тумани “ Навбахор” ҚФЙ да Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил 24 июлдаги “ Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма беш йиллик байрамига тайёргарлик кўриш ва ўтказиш тўғрисида”ги 65- сонли мажлис баёни ижросини таъминлаш  мақсадида “ Гўзал ва бетакроримсан,муқаддас Ватаним, жоним сенга фидо Ўзбекистоним!”

Batafsil
Изображение 037

“Mahallaning eng yaxshi tadbirkor ayoli – 2016 yil” tanlov

Mirzaobod tumanida joylashgan Musiqa va sa’nat maktabida 2016 yil 8 iyul kuni tumandagi 17 ta maxalladan aholi, ayniqsa, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida Xotin-qizlarni jamiyat taraqiyotida olib borilayotgan islohatlarida ishtirokini kengaytirish, mahallalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni

Batafsil

Tezkor savol-javoblar

Namunaviy loyiha bo’yicha yangi qurilgan uylarning bittasini olgan edik. 15 yilga kredit asosida. Soliq to’lanadimi, agar to’lansa yiliga qancha to’lanadi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013 yil Dasturi to’g’risida»gi PQ-1902-sonli qaroriga asosan, 2013 yil 1 yanvardan jismoniy shaxslar, kishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy – joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to’lab bo’lmagunga qadar, harid qilingan uy-joylar bo’yicha mulk solig’ini to’lashdan ozod qilinganligi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’i Soliq kodeksining 50-bobida belgilangan to’lanishi to’g’risida tushuntirildi.

Men tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi edim, qanday imtiyozlar bor?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi «O’zbekiston Respublikasida 2012-2016 yillarda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida»gi PQ-1754-sonli qaroriga asosan 2012 yilning 2-choragidan boshlab, qishloq joylardagi mahallalar hududida maishiy xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (sartaroshlar, tikuvchilar, poyafzal maishiy texnika ta’mirlash bo’yicha ustalar va boshqalar) qat’iy belgilangan soliq to’lashdan 3 yil muddatga; qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilayotgan massivlarda tashkil qilinayotgan kirxonalar xizmatlarini ko’rsatadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to’lovini to’lashdan 5 yil muddatga ozod etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 martdagi «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-3588-sonli Farmoni bilan hunarmandchilikning asosiy 25 ta faoliyat turlari ro’yxati tasdiqlangan. Mazkur faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi hunarmand yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliq to’lashdan ozod etilgan bo’lib, ushbu soliq imtiyozining amal qilish muddati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PF-4399-sonli farmoniga asosan 2014 yilning 1 yanvargacha uzaytirilgan. Shuningdek, Soliq kodeksining 390-moddasiga asosan Gastrol-kontsert faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to’lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi bo’yicha qat’iy belgilangan soliq to’lashdan ozod etiladi. Shu bilan birga, Soliq kodeksining 311-moddasiga asosan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklarining a’zolari uchun sug’urta badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

Xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchiman. Xususiy tadbirkor chakana savdo faoliyati bilan shug’ullansa qancha soliq to’laydi ?

Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat’iy nazar, qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to’lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi. Shuningdek, ushbu moddaga asosan, agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo’yicha to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qarorining 11-ilovasida yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qat’iy soliq stavkalari belgilangan bo’lib, unga ko’ra chakana savdo faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga 2013 yil 1 yanvar holatidagi eng kam ish haqi (79590 so’m) miqdorida Toshkent shahriga 10 baravar, Nukus shahar va viloyatga bo’ysinuvchi shaharlarga 6,5 baravar va boshqa aholi punktlarida 3 baravarida qat’iy soliq belgilangan.

Foydali yo`llanmalar

QR kodni telefoningiz orqali skaner qiling

gulistan_uz

×

Saytimizning mobil versiyasi

×